“Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, foydalanish hamda talon-toroj qilish holatlari fosh qilindi” — deya ma'lumot bermoqda MIBning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

“Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan gaz ta'minoti hududiy filialida ulgurji iste'molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gazni hisobini yurituvchi “Fossa” dasturi tahlil qilinganda, “O‘ztransgaz” AJ AKT Markazi hududiy xizmati xodimlari o‘zlariga biriktirilgan login va parollardan foydalanib, aslida bank aylanmasi orqali kelib tushmagan pul mablag‘larini 2018-2019 yillar davomida dasturga pul tushumi sifatida kiritishi natijasida, iste'molchilar tomonidan jami 563,5 mln. so‘mlik 1.144.630 m3 hajmdagi tabiiy gazni tekinga iste'mol qilib, juda ko‘p miqdordagi davlat resurslarini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 05.02.2020 yilda “O‘ztransgaz” AJ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hududiy xizmati va Navoiy viloyati bo‘yicha gaz ta'minoti hududiy filiali xodimlariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari va 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi” – deyiladi yo‘llangan ma'lumotda.

Foydali havolalar