Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari Xiva shahridagi “Bolalar shaharchasi”ga tashrif buyurib, bolajonlar holidan xabar olib, kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab bolajonlarga turli xil sovgʼalar tuhfa etishdi.
 
Shuningdek, Xiva shahridagi “Xiva muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uyiga ham tashrif buyurib, jismoniy imkoniyati cheklangan, ruxiy betob va yolgʼiz erkaklar holidan xabar olib, kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, ularga yangi yil sovgʼalari berilib bayram dasturxoni yozildi.
 
Muruvvat asli ne-muruvvat bir yoʼl,
 
bir yoʼlki, manzili yurak boʼladi,
 
xasta bir koʼngilni shod etganing on,
 
muruvvat eng oliy neʼmat boʼladi.

Foydali havolalar