Yangi yil bayrami munosabati bilan Majburiy ijro byurosi viloyat, shahar va tuman boʼlimlari xodimlari kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalar, yakka-yolgʼiz, nogironligi boʼlgan fuqarolar xonadoniga tashrif buyurib, bayram sovgʼalarini tuhfa etmoqda.
 
Bugun erta tongda byuroning Kosonsoy tuman boʼlimi xodimlarining S.Sheroziy mahallasidagi Qayumovlar xonadoniga amalga oshirgan yoʼqlovi xonadon aʼzolarining quvonchiga quvonch ulashdi.
 
Yoʼqlov doirasida byuroning tuman boʼlimi xodimlari 40 ta xonadonga tashrif buyurib, xonadon vakillarini bayram bilan tabrikladi.
 
Bunday saxovat tadbirlari byuroning Namangan shahar boʼlimi tomonidan ham tashkil etildi. Byuro xodimlari Namangan shahar Istiqbol mahallasida yashovchi Tohirjon Isaqovning xonadoniga tashrif buyurib, yangi yil sovgʼalarini ulashdilar.
 
Qayd etish lozim, byuro tashabbusi bilan tashkil etilgan bunday xayrli tadbirlar ehtiyojmand oilalar uchun munosib bayram tuhfasi boʼlmoqda.

Foydali havolalar