Yangi yil arafasida Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyiga yoʼqlov uyushtirildi.
 
Tadbirda Byuroning viloyat boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan muborakbod etib, ularga shirinliklardan iborat Yangi yil sovgʼalarini topshirdi.
 
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan sahnalashtirilgan bayram tomoshalari, kuy-qoʼshiqlar tadbirga yanada koʼtarinki kayfiyat bagʼishladi.

Foydali havolalar