Mazkur xabarda, “Sarvar Tojiyev” akkuanti Byuro xodimlarining muomalada madaniyatini oshirish, toʼlovlarni amalga oishirsh uchun xonadonlarga kelmasdan, isteʼmolchilarga boshqa qulaylik yaratish lozimligi, baʼzi hollaarda Byuro xodimi oʼrniga boshqa shaxslar ham kelib toʼlovlarni olishi mumkinligi haqida fikr bildirgan.

Majburiyat ijro byurosi - Oʼzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi maxsus vakolatga ega huquqni muhofaza qiluvchi organ boʼlib, :

- sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʼzsiz ijrosini taʼminlash, undirilgan mablagʼlarning haqqoniyligini taʼminlash, turli sansalorlik va suiisteʼmolchilik holatlarini oldini olish;

- energiya resurslari, suv taʼminoti sohasida hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun toʼlovlarning oʼz vaqtida va toʼliq undirilishini taʼminlash, tarmoqlarga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi "Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 22-sonli Qaroriga muvofiq, Byuro xodimlari sutkaning istalgan vaqtida (soat 08-00 dan 20-00 gacha) hisobga olish priborining koʼrsatkichlarini yozib olish va koʼrikdan oʼtkazish uchun isteʼmolchilarning (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr energiyasini hisobga olish asboblarini va ularning ulanish sxemalarini toʼsqinliksiz borib koʼrish huquqiga ega va oʼz navbatida, isteʼmolchilar bunga sharoit yaratib berishlari lozimligi belgilangan.

Byuroning daraja unvonlariga ega boʼlgan, shuningdek, maxsus toifalardagi xizmat qilayotgan xodimlar belgilangan tartibda tasdiqlangan xizmat kiyimiga ega.

Аvvalo, Byuro xodimlari - fuqarlarimiz xonadonlariga maxsus xizmat kiyimi, guvohnoma va maxsus jetoni bilan tashrif buyurib, oʼzlarining xizmat guvohnomasi hamda jetonini koʼrsatgan holda tanishtirishlari lozim.

Oʼz navbatida, fuqarolarimiz maxsus xizmat kiyimi, guvohnoma va jetoniga ega boʼlmagan shaxslarga tegishli hujjatlarni taqdim etmasligi, hisoblash uskunalarini bilan tanishtirmasligi hamda toʼlovlarni amalga oshirmasligi, bu haqida Byuroning “1107” raqamli ishonch telefoniga yoki Byuroning hududiy boʼlimiga xabar berishlari lozim.

  Isteʼmolchilarga qulayliklar yaratish uchun ayrim hollarda, plastik kartochka orqali toʼlovni amalga oshiruvchi terminaliga ega Byuroning davlat inspektorlari toʼlovlarni ham qabul qilishi mumkin.

  Biroq, odatda banklarning toʼlovlarni qabul qiluvchi sayyor kassalari yoki Byuroning hududiy boʼlimlaridagi mavjud kassalari orqali amalga oshirilmoqda.

  Hozirda, sud qarorlarining ijrosini taʼminlash hamda energiya resurslari uchun toʼlovlarni amalga oshirishda, fuqarolarimizga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, qarzdorliklarga haqida maʼlumot olish hamda toʼlovlarni elektron tarzda amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlar ishlab chiqilib, boshqa tegishli idoralari bilan integratsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish hamda maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash profilaktik va tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.

Oʼtgan davrda, jami 2 mingdan ortiq xodimlarning kasbiy malakasini oshirishga oid ana shunday mashgʼulotlar tashkil qilinib, haftaning bir kunida maʼrifiy soat darslariklari hamda masofaviy oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazilmoqda.

 

Majburiy ijro byurosi

Foydali havolalar