Mazkur xabarda, Surxondaryo viloyatining Аngor tumanida yashovchi fuqaro E.Gapparov toomnidan sud qaroriga koʼra hokimlikdan 4 mln. 700 ming soʼm tovon pulini Byuroning Аngor tuman boʼlimi undirib bermayotganligi, shuningdek ishga tiklash boʼyicha sud qarori ijrosini taʼminlashda ham sansalorlikka yoʼl qoʼyilayotgani haqida eʼtiroz bildirilgan.

Xabardagi holatni oʼrganishda, fuqarolik ishlari boʼyicha Sherobod tumanlararo sudining 20.08.2019 yildagi hal qiluv qaroriga asosan berilgan undiruvchi E.X.Gapparovni Аngor tuman «Oxunboboev» MFY masʼul kotibi vazifasiga ishga tiklash haqidagi ijro hujjati yuzasidan 23.08.2019 yildan Byuroning Аngor tuman boʼlimida ijro ishi yuritilib, qaror nusxasi shu kunning oʼzida qarzdorga topshirilgan va ijro hujjati talabini darhol bajarish soʼralganligi maʼlum boʼldi.

Shuningdek, fuqarolik ishlari boʼyicha Surxondaryo viloyat sudi apellyatsiya instantsiyasining 08.10.2019 yildagi ajrimiga koʼra, fuqarolk ishlari boʼyicha Sherobod tumanlararo sudining 20.08.2019 yildagi hal qiluv qarori toʼldirish yoʼli bilan oʼzgarishsiz qoldirilgan va Аngor tuman hokimligidan E.X.Gapparov foydasiga 4 mln. 705 ming soʼm ish haqi undirilishi belgilangan.

Ijro hujjatiga asosan fuqaro E.X.Gapparovni darhol tumandagi «Oxunboboev» MFYning masʼul kotibi vazifasiga ishga tiklash, bu haqda ishga tiklanganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini taqdim etish, aks holda Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 1981-moddasida belgilangan javobgarlik choralari qoʼllanilishi haqida ogohlantirilib, 06.09.2019 yilda Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha Аngor tuman kengashi raisining birinchi oʼrinbosari А.Davronovga talabnoma topshirilgan.

Ogohlantirishlarga qaramasdan, Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha Аngor tuman kengashi raisining birinchi oʼrinbosari А.Davronov tomonidan ijro hujjati talablari bajarilmasdan kelinganligi bois 31.10.2019 yilda unga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining oʼn baravari – 2 mln. 230 ming soʼm miqdorida jarima qoʼllanilgan.

Bundan tashqari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha Аngor tuman kengashi raisining birinchi oʼrinbosari А.Davronov ijro hujjati talabini qasddan bajarmasdan kelayotganligi bois unga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 148, 232-moddalari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatish masalasini hal etish uchun toʼplangan hujjatlar 05.11.2019 yilda Аngor tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Shundan soʼng, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha Аngor tuman kengashining 07.11.2019 yildagi № 121-K buyrugʼiga asosan E.Gapparov «Oxunboboev» MFYning masʼul kotibi vazifasiga ishga tiklanib, sud qarorining ishga tiklash qismi toʼliq ijro etilishi taʼminlanganligi bois «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida»gi Qonunning 41-moddasiga asosan ijro ishi yuritish tamomlangan.

Belgilangan muddatda Аngor tuman hokimligi tomonidan undiruvchi E.X.Gapparovga ish haqi va maʼnaviy zarar undirish talablari bajarilmaganligi sababli, 19.11.2019 yilda tuman hokim nomiga talabnoma berilib, ijro hujjati talablarini bajarmagan yoki bajarilishiga toʼsqinlik qilgan masʼul shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasida belgilangan javobgarlik bilan ogohlantirilgan.

Hozirda, joriy yilning 22 oktyabr kuni kelib tushgan ijro hujjati boʼyicha qarzdor Аngor tuman hokimligidan E.X.Gapparov foydasiga 4 mln. 705 ming soʼm ish haqi hamda 1 mln. 102 ming soʼm maʼnaviy zarar undirish ijro harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Majburiy ijro byurosi

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar