Joriy yilning 28 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida joriy yilning 12 mart kungi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi PQ-4236-sonli Qarori mazmuni va unda nazarda tutilgan yangiliklar yuzasidan brifing boʼlib oʼtdi.

Tadbirda, Byuro direktori oʼrinbosari Sh.Xaydarov, Byuro markaziy apparati masʼul xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari hamda rasmiy elektron nashr vakillari ishtirok etishdi.

Maʼlumki, Mazkur Qaror bilan joriyning 1 apreldan boshlab sud hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etildi hamda bu institut sud qarorlari boʼyicha tomonlarning mediator orqali oʼzaro kelishish, masalani ixtiyoriy rozilik asosida hal qilish imkonini bermoqda.

Shuningdek Qaror bilan 1 iyundan boshlab, ijro ishi yuritishni qoʼzgʼatish ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida ijro ishi qoʼzgʼatilishi yoʼlga qoʼyildi (muqaddam ijro ishi 3 kun ichida qoʼzgʼatilardi).

Yana bir jihat, - ijro harakatlari koʼpi bilan ikki marta kechiktirilishi mumkin, oldinlari necha marta kechiktirilishi mumkinligi qonunchilikda koʼrsatilmagan edi va bu ijro hujjatlarining koʼp bora toʼxtalib, undiruvchi tomonlarning noroziligiga sabab boʼlardi.

Endilikda, ijro harakatlarini bajarishda yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun davlat ijrochisi tomonidan tayinlangan mutaxassis ijrochining qarori bilan tanishgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida yozma xulosa taqdim etishi qatʼiy belgilangan.

Matbuot anjumanida, Byuro masʼul xodimlari ushbu yangiliklarning Byuro faoliyatiga tatbiq etilishi, avvalo ijro harakatlari boʼyicha tomonlarning manfaatini huquqiy himoya qilinishiga qaratilganini bildirib oʼtishdi.

Byuro organlari tomonidan joriy yilning oʼtgan davrida 21,9 trln. soʼmlik 2,7 mln. ta ijro hujjatining ijrosi tamomlandi.

Tahlillarga koʼra, hozirga qadar ijro hujjatlari davlat ijrochilari oʼrtasida boʼlim boshligʼi tomonidan taqsimlanar edi.

Biroq, odatiy taqsimlash tizimi davlat ijrochilarining ish hajmini nomutanosib belgilanishiga, ayrim hollarda ishlarni taqsimlashda guruhbozlik va tanish-bilishchilikka sharoit yaratishi mumkin.

Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida, ijro hujjatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali davlat ijrochilari oʼrtasida avtomatlashtirilgan taqsimlash tartibi joriy etilmoqda.

Shu singari, Byuro masʼul xodimlari tadbir ishtirokchilariga endilikda, davlat ijrochilari tomonidan qabul qilingan qarorlari va ijro harakatlari haqidagi xabarnomalarni avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoki mobilь aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) koʼrinishida yoʼllash choralari koʼrilayotgani haqida maʼlumot berib oʼtishdi.

Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi masʼul xodimlari tadbir ishtirokchilariga sud qaror(ajrim)larining Byuro organlariga taqdim etilishining elektron axborot usuli ish samaradorligining oshishi, sud qarorlarining amaldagi ijrosining shaffofligi, tez fursatlarda hal etilishi va tomonlarning himoyasi uchun xizmat qilishini taʼkidlab oʼtishdi.

Brifing davomida, ommaviy axborot vositalari vakillarining qiziqtirgan va jamoatchilik eʼtiborida boʼlgan dolzarb savollarga Byuro rahbariyati hamda masʼul xodimlar atroflicha tushuntirishlar berishdi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi

Majburiy ijro byurosi

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar