Joriy yilning 25 noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Fargʼona viloyati boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda matbuot xizmati rahbarlari bilan 10 oylik faoliyat yakunlariga bagʼishlangan matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.

Tadbirda, boshqarma boshligʼining oʼrinbosarlari, boshqarma tarkibiy tarmoqlari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda viloyat teleradiokompaniyasi, “Ruxsor” teleradiokanali, matbuot nashrlari, internet-saytlari vakillari, shuningdek, korxona, tashkilotlar matbuot xizmati masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Byuroning oldiga qoʼyilgan vazifalardan kelib chiqib, Majburiy ijro byurosi Fargʼona viloyat boshqarmasi tomonidan viloyatda debitor qarzdorlikni qisqartirish va toʼlov intizomi samaradorligini oshirish borasida bir qator ishlar qilinmoqda.

Xususan, 2019 yilning yanvarь-oktyabrь oylari davomida boshqarma tomonidan energiya resurslari, suv isteʼmoli va qattiq maishiy chiqindilar sohasida 1 trln. 577,4 mlrd. soʼm qarzdorlik undirildi.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va qattiq maishiy chiqindilar boʼyicha 2019 yilning 10 oyi mobaynida undirilgan mablagʼlarning viloyatlar kesimidagi ulushi boʼyicha tahlil qiladigan boʼlsak, Fargʼona viloyati respublika miqyosida Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan keyin 3-oʼrinda borayotganini koʼrishimiz mumkin. Yoki boshqacha qilib aytadigan boʼlsak, respublika boʼyicha undirilayotgan toʼlovlarning 10 foizdan ortigʼi Fargʼona viloyati hissasiga toʼgʼri kelmoqda.

 Bundan tashqari, anjumanda aliment undiruvlari borasida ham sezilarli natijalarga erishilayotgani ham alohida taʼidlandi.

Аytib oʼtish kerakki, aliment toʼlovi boʼyicha qarzdor shaxslar bilan oʼtkazilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida 2880 ta oilalar yarashtirildi.

Bundan tashqari, xodimlar tashabbusi bilan kam taʼminlangan va yordamga muhtoj oilalarning kommunal toʼlovlardan boʼlgan qarzdorliklari homiylar tomonidan toʼlab berilishi taʼminlamoqda.

Bu borada olib borilgan ishlar natijasida 2019 yilning 10 oyi mobaynida 126 nafar yordamga muhtoj oilalarning 71,9 mln. soʼmlik qarzdorliklari homiylar tomonidan toʼlab berilganini taʼkidlab oʼtish mumkin.

Matbuot jarayonida OАV vakillari tomonidan berilgan va ularni qiziqtirgan savollarga MIB viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan javoblar va tushuntirishlar berildi.

Matbuot anjumani nihoyasida ishtirokilarga Byuro xodimlarining faoliyati bilan shaxsan tanishishlariga imkon yaratib berildi.

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar