Mazkur xabarda, fuqaro Maʼruf Qambarov 2 yil muqaddam avtohalokatga uchrgani va sud qarori bilan qarzdordan unga 43 million soʼmdan ortiq moddiy hamda maʼnaviy zarar toʼlanishi lozimligi inobatga olib, sud qaroriga koʼra, zararni undirishni soʼragan murojaat etgan.

Аniqlanishicha, jinoyat ishlari boʼyicha Termiz tuman sudining 22.01.2018 yildagi qarzdor S.Toshevdan undiruvchi yaʼni oʼgʼlingiz А.Yuldoshevning foydasiga 11 mln.427 ming 924 soʼm, M.Qambarov foydasiga 43 mln. 712 ming 683 soʼm, S.Temirov foydasiga 18 mln. 275 ming 140 soʼm undirish toʼgʼrisidagi ijro hujjati Byuroning Termiz tuman boʼlimi ijro ish yurituviga 31.05.2019 yilda kelib tushgan.

Qarzdor S.Toshevning nomidagi mol-mulklarini qidirib topish maqsadida davlat ijrochisi tomonidan tegishli tashkilotlarga soʼrovnomalar yuborilgan va olingan javoblarga koʼra, qarzdor S.Toshevning nomida undiruv qaratish mumkin boʼlgan mol-mulklari mavjud emasligi aniqlangan.

Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatida koʼrsatilgan manzilga 07.08.2019 yilda borilganda, qarzdor S.Toshev yashash manzilida yoʼqligi aniqlangan va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Shu sababli, 07.08.2019 yilda Qonunning 42-moddasiga asosan qarzdor S.Toshevga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilinib, qaror nusxasi tuman IIBga yuborilgan.

Qarzdor S.Toshev tuman IIB tomonidan qidirib topilgan va qarzdorning mol-mulklarini undirish boʼyicha ijro xarakatlari amalga oshirilgan boʼlsada, undiruv imkoniyati boʼlmagan.

Oʼzbekiston Respublikasining 29.08.2001 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunining 40-moddasining 3-bandiga koʼra, agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʼlgan mol-mulki yoki daromadlari boʼlmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qonunda yoʼl qoʼyiladigan doirada koʼrilgan barcha choralar natijasiz boʼlgan taqdirda, ijro ishi yuritish qoʼzgʼatilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarilishi belgilangan.

Shunga asosan, Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan barcha ijro harakatlari natijasiz boʼlganligi sababli, Qonunnning 40-moddasi, 3-bandiga asosan ijro ishi tamomlanib, 13.09.2019 yilda undiruvchiga qaytarilgan.

Kelgusida qarzdorning mol-mulki aniqlangan taqdirda, undiruvchi ijro hujjati qayta ijroga qaratish huquqiga ega ekanligi maʼlum qilinadi.

 

Majburiy ijro byurosi

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar