Mazkur xabarda, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro fuqarolik ishlari boʼyicha Beruniy tumani sudining 2017 yil   13 martdagi hal qiluv qaroriga binoan Byuro xodimlari tomonidan 67 metr paxsa devor bilan birga koʼp yillik daraxtlar kesilganini, daraxtlarning kesilishiga sababchi boʼlgan xodimlarga chora koʼrilmgani haqida maʼlum qilingan.

  Аniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʼyicha Beruniy tumanlararo sudining 13.03.2017 yilgi hal qiluv qaroriga asosan javobgar А.Babaniyazova hisobidan Beruniy tumani “Birlik” MFY, Sirdaryo tor koʼchasidagi yer maydonidan eni 4.8 metr, uzunligi 10.6 metr jami 51 m2 boʼlgan temir chorbogʼ, eni 1.9 metr uzunligi 67.9 metr boʼlgan paxsa devorni buzdirish va yerni avvalgi yaroqli xolatiga keltirish toʼgʼrisidagi ijro hujjati Byuroning Beruniy tuman boʼlimi ish yurituviga 08.04.2017 yilda kelib tushgan hamda qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.

  Majburiy ijro harakatlari davomida, javobgar А.Babaniyazovaga ijro hujjatida koʼrsatilgan talablarni bajarish uchun ihtiyoriy muddat berilgan.           

Soʼngra, fuqarolik ishlari boʼyicha Beruniy tumanlararo sudining 21.04.2017 yilda ajrim chiqarilib, javobgar А.Babaniyazovaning daʼvo arizasi yuzasidan 13.03.2017 yildagi hal qiluv qarori ijrosi vaqtincha ijro etish toʼxtatilgan.

Ushbu sudning 16.05.2017 yildagi ajrimiga koʼra, 21.04.2017 yildagi ajrimi bekor qilinib, ijro harakatlari davom ettirish koʼrsatilgan.

Biroq, javobgar А.Babaniyazova sud qarorining ijrosini ixtiyoriy muddatda bajarmagan.

Shundan soʼng, 19.08.2017 yilda boʼlim davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, jami 67,9 m2 boʼlgan paxsa devor buzdirilib, Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan amalda bajarilganligi uchun ijro ishi tamomlangan.

Bundan tashqari, Beruniy tuman hokimligining 03.02.2018 yildagi Beruniy tuman hokimining 163/1-sonli xati bilan sudning 13.03.2017 yilgi hal qiluv qarorida koʼrsatilgan paxsa devorlar buzdirilib, lekin yer maydoni oldingi keltirilmaganligi sababli, qayta ijro harakatlarini olib borish soʼralgan.

Ushbu xatga asosan, ijro ishi yurituvini tamomlash haqidagi 19.08.2017 yildagi qarori bekor qilinib, ijro ishi davom ettirilgan hamda joriy yilning 8-9 fevral kunlari koʼchaning qizil chizigʼidan yoʼl boʼladigan yerdagi ariq tol-terak hokimlikning maxsus texnikasi yordamida koʼporilib, hudud tozalangan va yerni avvalgi holatiga keltirish ishlari olib borilgan.

Ijro hujjati 26.02.2018 yilda ijro hujjatining ijrosi amalda bajarilgan va bu haqida taraflarga maʼlum qilingan.

Ushbu sud qarorining ijrosini taʼminlash davrida qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼyilmagan.

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar