Byuro xodimlari tomonidan oʼz xizmat vazifalarini bajarish, ayniqsa kommunal toʼlovlarni undirish borasida qarshiliklarga duch kelayotgani rost gap.
Baʼzi fuqarolarimiz oʼz majburiyatаrini bajarish oʼrniga, Byuro xodimlariga qarshilik koʼrsatish bilan masalani hal qilishga urinishmoqda.
Oqibatda esa, ham oʼzi ham boshqalar jabr koʼrmoqda.
Byuroning Аndijon shahar boʼlimi davlat inspektori tomonidan shaharning Birlashgan koʼchasida yashovchi fuqaro O.Sobirovaga sentyabrь oyida isteʼmol qilingan elektr energiyasidan boʼlgan 3 mln 835 ming soʼm qarzdorligi uchun talabnoma taqdim etilgan boʼlib, isteʼmolchi belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etish choralarini koʼrmagan. 
Ushbu isteʼmolchining 03.10.2019 yil holatiga elektr energiyasidan jami 4 mln. 527 ming soʼm qarzdorligi yigʼilib qolgan. 
Shu sababli, joriy yilning 4 oktyabr kuni Majburiy ijro byurosining Аndijon shahar boʼlimi davlat inspektorlari fuqaro O.Sobirovaning yashash xonadonini tarmoqdan uzmoqchi boʼlganida, O.Sobirovaning onasi M.Kichikova davlat inspektorilaridan birini uyidan oʼzi bilan olib chiqqan xoda (yogʼoch boʼlagi) bilan urib, xizmat vazifasini bajarishiga faol qarshilik koʼrsatgan.
Mazkur holat yuzasidan Аndijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda, tergov harakatlari olib borilmoqda.

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar