Аniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʼyicha Karmana tumanlararo sudining 04.03.2016 yildagi qarzdor А.Аbduraimovdan undiruvchi S.Аbduraimova foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun ¼ qism miqdorida aliment hamda farzandi uch yoshga toʼlgunga qadar har oyda qatʼiy summada 70.000 soʼmdan taʼminot undirish haqidagi ijro hujjatlari sobiq sud ijrochilarining Xatirchi tuman boʼlimi ish yurituviga 12.04.2016 yilda kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdorni Toshkent shahridagi «Turkiston» gazetasida muxbir boʼlib ishlab kelayotganligi aniqlangan va qarzdorning 01.08.2016 yil holatiga boʼlgan 1.517.780 soʼm aliment qarzdorligi qoplangunga qadar 50 foizdan, qarzdorlik qoplanganidan soʼng 25 foizdan aliment va har oyda 70.000 soʼmdan qatʼiy aliment undirib borish uchun 27.08.2016 yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunning 64-moddasiga asosan talabnoma yuborilgan.

Shuningdek, qarzdorni “Yoshlar ovozi” gazetasida muxbir boʼlib ishlab kelayotganligi aniqlanib, 10.08.2017 yilda qoʼshimcha talabnoma yuborilgan.

Biroq, har ikkala tahririyat tomonidan aliment va qatʼiy aliment undirib kelinayotganligi haqida maʼlumot taqdim etilmagan.

Ijro harakatlari davomida uning yashash manzili xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilib, jami 10 turdagi mulklar xatlangan va baholanib, savdo doʼkoniga topshirilgan.

Xatlangan mulklarga xaridorlar tomonidan qiziqishlar boʼlmaganligi bois, 10.08.2017 yilda undiruvchiga 10 foiz arzonlashtirilgan narxda yaʼni 1.026.000 soʼmga taklif xati berilib, undiruvchi tomonidan taklif xatiga munosabat bildirilmaganligi sababli, qarzdorning ukasi N.Аbduraimovga jami 10 turdagi mulklar topshirilgan.

Qarzdorni 01.08.2017 yil holatiga jami 1.517.780 soʼm aliment qarzdorligi mavjudligini bois, uni Oʼzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlariga vaqtincha cheklash oʼrnatilib, bu haqdagi qaror nusxasi qarzdorning onasi S.Аbduraimovaga topshirilgan.

Qarzdorning chetga chiqish huquqlariga qoʼyilgan taʼqiq ijro ishi yurituvi tamomlanganida yoki sud tomonidan koʼrib chiqilib bekor qilinishi mumkin.

                                                                                        

 Majburiy ijro byurosi

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar