Mazkur xabarda, Navoiy viloyatining Karmana tumanida faoliyat koʼrsatuvchi “Berejlivostь” korxonasi ishchi-xodimlari oʼzlariga biriktirilgan hududda maishiy chiqindilarni olib ketish bilan shugʼullanishini, joriy yildan boshlab maishiy chiqindilar uchun toʼlovlarni amalga oshirish Byuro xodimlariga yuklatilganini, biroq oʼz vaqtida toʼlovlarni undira olmayotgani sababli, korxona xodimlari oylik maoshini olishmayotganini bildirgan.

Аniqlashicha, “Berejlivostь” xususiy korxonasi Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 37 ta mahalladagi 27.292 ta abonent uchun (122.773 nafar fuqarolar) xizmat koʼrsatadi. Korxona faoliyatini amalga oshirish uchun 5 ta texnika vositasi ajratilgan boʼlib, korxonaning moddiy texnika bazasi yetishmasligi, maishiy chiqindilarni toʼplash va olib ketish xizmatini talab darajasida olib borilmayotgani uchun aholi vakillari norozilik bildirishgan.

Shuningdek, korxona tomonidan Byuroning Karmana tuman boʼlimiga qarzdor fuqarolar haqidagi maʼlumotlar bazasi hamda hisoblangan qarzdorliklar haqidagi maʼlumotlarning toʼliq va toʼgʼri taqdim etilmagani, qattiq maishiy chiqindilar uchun toʼlovlarni undirishda qiyinchilikni tugʼdirmoqda.

Hozirga qadar, Byuroning Karmana tuman boʼlimi tomonidan hududlarga biriktirilgan 31 nafar davlat inspektorlari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʼplash va olib chiqish xizmatlari uchun joriy yilning 9 oyida jami 1 mlrd. 378 mln. soʼmlik mablagʼlar undirilgan.

Bundan tashqari, 6 oy muddat davomida toʼlovni amalga oshirmagan 17 ming 628 ta (1 mlrd. 500 mln. soʼmlik) abonentlarning roʼyxatlari shakllantirilib, sudlarga daʼvo arizalari kiritish uchun viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga taqdim qilingan.

Maʼlumot uchun : Byuro organlari tomonidan qattiy maishiy chiqindi sohasidagi undirilgan mablagʼlar - Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maxsus gʼazna hisobvaraqlarida jamlanadi.

Xizmat koʼrsatuvchi tashkilot(korxona)larga toʼlovlar - joylardagi hokimliklar bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik bitimlari va shartnomalarga muvofiq, markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

 

Majburiy ijro byurosi

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar