Mazkur xabarda, Payariq tumanidagi “Suyukli javohirlar” fermer xoʼjaligiga tegishli parrandachilik fermasi binosi sotuvga qoʼyilgani, ishlashga imkon berilmayotgani aytib oʼtilgan.

Oʼrganishda, Sud qaroriga asosan qarzdor А.Xadarovdan undiruvchi L.Xasanovaning foydasiga 46.000.000 soʼm qarz undirish, undiruvni Payariq tumanidagi “Suyukli javohirlar” fermer xujaligiga tegishli boʼlgan parrandachilik fermasi binosiga qaratish belgilangan.

Sud qaroridan norozi boʼlib taraflarning keltirgan shikoyatlari sudlar tomonidan bir necha marotaba koʼrib chiqilgan, lekin sud qarori oʼzgarishsiz qoldirilgan.

Shu sababli, davlat ijrochisi tomonidan parrandachilik fermasi binosi xatlangan va Samarqand viloyati Koʼchmas mulk va sarmoyalar agentligi tomonidan 143.251.000 soʼmga baholangan.

Qarzdor А.Xaydarovga parrandachilik binosini sotuvga chiqarilishi toʼgʼrisidagi qaror 13.08.2018 yilda tuman pochta aloqa tarmogʼi orqali manziliga yuborilgan va 27.09.2018 yilda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan, bu haqdagi xabarnoma qarzdor А.Xaydarovga pochta aloqa xizmati orqali yuborilgan.

Mazkur bino inshootlar yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotilmaganligi sababli, Oʼzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunning 56-moddasiga asosan parandachilik fermasi binosi qarz evaziga qabul qilishi yuzasidan undiruvchi L.Xasanovaga taklif qilingan.

Undiruvchi L.Xasanovaga taklifga rozilik bildirib, farq summasini Byuroning Payariq tumani boʼlimi depozit hisob raqamiga toʼliq toʼlaganligi sababli, koʼchmas mulk binosi 08.05.2019 yil dalolatnoma orqali undiruvchi L.Xasanovga topshirilgan.

Payariq tuman maʼmuriy sudining 15.06.2019 yildagi qaroriga asosan davlat ijrochi I.Moʼminovning “Sotilmagan koʼchmas mulkni natura shaklida qarz evaziga undiruvchiga topshirish va davlat roʼyxatidan oʼtkazish toʼgʼrisida”gi qarori bekor qilingan.

Samarqand viloyat Maʼmuriy sudi apellyatsiya instantsiyasining 20.08.2019 yildagi qaroriga asosan Payariq tuman maʼmuriy sudining 15.06.2019 yildagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimi bekor qilinganligi maʼlum qilinadi.

 

    Majburiy ijro byurosi

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar