Mazkur xabarda, Majburiy ijro byurosining Payariq tuman boʼlimi boshligʼining xodimlarni belgilanmagan rejani bajarmagani uchun nojoʼya soʼzlar bilan haqorat qilgani bayon qilingan.

Oʼrganishda, Byuroning Payariq tuman boʼlimi boshligʼi Z.Kasimov

joriy yilning 15 sentyabr kuni soat 21:00 larda boʼlim binosida boʼlimda faoliyat koʼrsatuvchi 33 nafar davlat inspektorlari bilan aholi va ulgurji tashkilotlardan energiya resurslari va suv isteʼmolidan boʼlgan undiruvni undirish ahvoli yuzasidan yigʼilish oʼtkazgani maʼlum boʼldi.

Yigʼilishda, ayrim xodimlarning belgilangan undiruv rejalarini bajarmaganliklarini vaj qilib, davlat inspektorlarini har hil nojoʼya soʼzlar bilan haqorat qilgani aniqlandi.

Mazkur holat boʼlimning ayrim xodimlari tomonidan uyali telefon orqali video yozuvga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga yubyuorgani maʼlum boʼldi.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida Byuroning Payariq tuman boʼlimi boshligʼi Z.Kasimov yuqoridagi holatlarni tasdiqlab, sodir etgan nomunosib xatti-harakatlari uchun boʼlim xodimlaridan kechirim soʼragan.

Hozirda, Z.Kasimovning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv natijalari qoʼshimcha maʼlum qilinadi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar