Majburiy ijro byurosi Qoʼngʼirot tuman boʼlimi tomonidan Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 26 avgust kungi qarzdor “Ustyurtgaz” MCHJdan undiruvchi Moʼynoq tuman davlat soliq inspektsiyasi foydasiga 11 mlrd. 846,5 mln. soʼm soliq qarzi va davlat foydasiga 236 mln. 929,6 soʼm davlat boji undirish toʼgʼrisidagi ijro xujjatlari boʼlim ish yurituviga 2019 yil 28 avgust kuni kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qoʼzgʼatish toʼgʼrisidagi qarori shu kunning oʼzida qabul qilingan.

Shundan keyin boʼlim tomonidan majburiy ijro harakatlari olib boriladi va qarzdor “Usttyurtgaz” MChJ ga tegishli boʼlgan 6 ta avtotransport vositasi, 60 turdagi ofis jihozlari hamda 2 turdagi koʼchmas mulki xatlovga olinadi.

Qarzdor tashkilotga tegishli boʼlgan mol-mulklar xatlangandan keyin koʼp vaqt oʼtmay tashkilot tomonidan joriy yilning 25 sentyabr kuni 11 mlrd. 846 mln. 481 ming 100 soʼm soliq qarzdorligi undirildi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar