Xabarda, Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida yashovchi fuqaro jinoyat ishlari boʼyicha Termiz tuman sudining 13.12.2018 yildagi qaroriga asosan qarzdor B.Q.dan 17 mln. soʼmga yaqin moddiy zararni undirish belgilanganini, biroq Byuroning Termiz tuman boʼlimi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlik 9 oydan buyon undirib bermayotgani sababli, undirish berishni soʼrab murojaat etgan.

Аniqlanishicha, jinoyat ishlari boʼyicha Termiz tumanlararo sudining 13.12.2018 yildagi qarzdor B.Qurbonniyozovdan undiruvchi J.Bayturaev foydasiga 16 mln. 343 ming soʼm yetkazilgan zarar hamda 845 ming soʼm qarz undirish toʼgʼrisidagi ijro hujjati Byuroning Termiz tuman boʼlimi ish yurituviga 28.12.2018 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qoʼzgʼatish toʼgʼrisida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor B.Qurbonniyozov hisobidan 06.07.2019 yilda 200 ming soʼmlik zarar pullari undirilib, undiruvchi J.Bayturaevning yashash manziliga pochta aloqa boʼlimi orqali yuborilgan.

Bundan tashqari, ijro hujjati 06.07.2019 yilda qarzdor B.Qurbonniyozovning yashash manzili boʼyicha Byuroning Termiz shahar boʼlimiga yuborilgan, soʼngra yashash manzili oʼzgargani sababli, Byuroning Termiz tuman boʼlimiga yuborilgan.

Shundan soʼng, ijro harakatlari davomida 24.09.2019 yilda qarzdor B.Qurbonniyozovning xonadoni koʼzdan kechirilib, qarzdorga tegishli boʼlgan 1 dona ventilyator, 1 dona “SINBO” rusumli dazmol hamda 1 dona “NI-FI” rusumli ovoz karnayi xolislar ishtirokida xatlanib, maishiy texnika vositalari 26.09.2019 yilda sotish uchun “Baqtriya Savdo” MChJ ga topshirilgan boʼlib, sotishdan tushgan pul mablagʼlari zararni undirishga qaratiladi.

Mazkur ijro ishi yurituvi Byuroning Termiz tuman boʼlimi tomonidan nazoratga olingan holda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar