Mazkur maʼlumotda, “Yoshlar ovozi” gazetasining “Majburiyatni unutmanglar, huquqni talab etadi” nomli maqolasida muallif ayrim fuqarolarning Byuro va YHXB xodimlari harakatidan norozi boʼlishi, hattoki qarshilik koʼrsatish holatlari ham uchrab turishi ijtimoiy tarmoqlarda koʼplab muhokama qilinayotganini, ushbu soha xodimlar xatolikka hamda suiisteʼmolchilikka yoʼl qoʼyishi mumkinligini, biroq fuqarolar avvalambor, oʼz majburiyatlarini ham unutmasliklariga undagan.

Аytish joizki, aynan Davlatimiz rahbari tomonidan taʼminotchi korxonalar tomonidan yetarli choralar koʼrilmaganligi oqibatida isteʼmolchilarning shartnoma majburiyatlariga rioya etishi lozim darajada taʼminlanmagani, isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun toʼlovlarni muntazam ravishda amalga oshirmagani, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi sobiq Sud departamenti faoliyatidagi etishdagi jiddiy kamchiliklarning tanqidiy baholanib, ushbu sohada toʼlov intizomini mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish maqsadida Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan.

Byuro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari, suv isteʼmoli va qattiq maishiy chiqindilar sohasida 62,6 trln. soʼm undirildi.

Bu koʼrsatkich, Byuro tashkil etilmasdan oldingi koʼrsatkichga nisbatan 250 foiz koʼp demakdir.

Sud qarorlarining soʼzsiz ijrosini taʼminlash borasida 36 trln. soʼmga yaqin undiruv amalga oshirildi, tahlillar shuni koʼrsatmoqdaki Byuro davrida undiruv 51 foizga oʼsgan.

Huquqbuzarliklarni fosh etish boʼyicha energiya resurslari va suv taʼminotidan noqonuniy foydalanish holatlari boʼyicha 1 trln. 135 mlrd. soʼmlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, 880 dan ziyod jinoiy ishlar qoʼzgʼatilgan.

Toʼlov intizomi koʼp jihatdan isteʼmolchilarning toʼlov madaniyatiga rioya etishlariga bevosita bogʼliq.

Biroq, xizmat vazifalarini bajarish davrida Byuro xodimlariga qarshilik koʼrsatish holatlari ham uchramoqda.

Birgina, 2019 yilning oʼtgan davrida Byuro xodimlariga nisbatan 90 ta qarshilik holatlari aniqlanib, aybdorlarga qonuniy chora koʼrildi.

Byuro xodimlarining 4 nafar oʼz vazifasini bajarish vaqtida vafot etishgan va 150 dan ortiq xodimlarga turli darajada tan jarohati yetkazilgan.

Shu bilan birga, Byuro organlari xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan yoki “Byuro xodimi” degan nom dogʼ tushirgan har bir xodimga murosasiz munosabatda boʼlmoqda.

Har bir qarshilik holatlari boʼyicha xizmat tekshiruvlari oʼtkazilib, xodimlarning xatti-harakatlariga baho berilib, nojoʼya xatti-harakat sodir etgan xodimlarga nisbatan qatʼiy chora koʼrilmoqda.

Majburiy ijro byurosi yuzaga kelayotgan ziddiyat va qarshilik koʼrsatish holatlarining oldini olish maqsadida, sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlari ijrosini ixtiyoriy bajarish, shuningdek isteʼmolchilarning energiya resurslaridan foydalanishga oid shartnoma majburiyatlari hamda toʼlov intizomiga rioya qilishga undaydi.

 

Majburiy ijro byurosi

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar