Mazkur xabarda, Urgut tumani “Doʼstlik” mahallasi Pochvon koʼchasidan chiqindi olib ketadigan mashina umuman kelmasligini, chiqindilarni olib ketish uchun qoʼshnilari bilan pul yigʼib mashina chaqirtirayotganini, mahalla raisining ushbu vaziyatdan xabari boʼlsada, yordam bermayotganini, Byuroning Urgut tuman boʼlimi davlat inspektorlari har bir xonadon joriy yil uchun maishiy chiqindidan 160 - 180 ming soʼmdan qarz ekanini bildirib, toʼlovni amalga oshirishni talab qilayotganini bildirgan.

Oʼrganishda, “Toza hudud” DUK Urgut tuman filiali tomonidan hududdagi 5 ta mahallada jami 11 346 ta isteʼmolchilarga xizmat koʼrsatilishi 13 ta avtomashinalar biriktirilgan, reja-grafikka asosan “Doʼstlik” mahallasiga xizmat koʼrish haftani seshanba kuniga belgilangan, biroq joriy yilning 15-19 sentyabrь kunlari korxonaning ushbu mahallaga biriktirilgan avtomashinasi taʼmirlanayotgani sababli, xizmat koʼrsatish imkoniyati boʼlmagan.

Murojaatni oʼrganish davrida, Urgut tumani “Doʼstlik” mahallasi Pochvon koʼchasida yashovchi fuqaro J.Sodiqov, joriy yilning 16 sentyabrь kuni xorijiy ommaviy axborot vositlarsiga murojaat etganini, hozirda “Toza hudud” DUK tomonidan barcha chiqindilar olib chiqib ketilganligi va haftaning xar seshanba kunlari mashina kelib turishini maʼlum qilgan.

Hozirda, Majburiy ijro byurosi tomonidan aholi eʼtirozlarining oldini olish boʼyicha “Toza hudud” DUK Urgut tuman filialining chiqindilarni oʼz vaqtida olib chiqib ketilish hamda avtomashinalarning belgilangan reja-grafikka asosan xizmat koʼrsatilishi boʼyicha tegishli koʼrsatma berildi.

Maʼlumot uchun: Majburiy ijro byurosi organlari zimmasiga faqatgina qattiq maishiy chiqindilarni toʼplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʼlovlarning toʼlanishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

 

Majburiy ijro byurosi

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar