Byuroning Paxtachi tuman boʼlimi xodimlari Z.Roʼzimurodov, B.Oʼrinov va F.Xidirovlar tomonidan “Hunarmand” mahallasida joylashgan korxonaga qarashli oshxonada oʼzboshimchalik bilan elektr tarmogʼiga ulanib foydalanayotgan holatini aniqlanadi.

Shundan soʼng, aniqlangan huquqbuzarlik holati boʼyicha Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtida, korxona rahbari J.Rahmonovning turmush oʼrtogʼi M.Rahmonova xodimlarning faoliyatiga faol qarshilik koʼrsatdi.

Jumladan, u xizmat vazifalarini bajaryotgan Byuro xodimlarini haqorat qilib, tayoq bilan B.Oʼrunovni tanasining turli qismlariga urib, F.Xidirovning qoʼlidan dalolatnomani tortib olgan va yirtib, yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman prokuraturasi tomonidan M.Rahmonovaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar