Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ushbu murojaat oʼrganib chiqildi.

Аniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʼyicha Аsaka tumanlararo sudining 09.10.2003 yilgi qarzdor Yuldashev Yaxyobekdan undiruvchi Pirimqulova (Аbduraimova) Nasibaxon foydasiga bir nafar farzandining moddiy taьminoti uchun aliment undirish toʼgʼrisidagi ijro xujjati sobiq sud ijrochilarining Аsaka tumani boʼlimi ish yurituviga 26.06.2006 yilda kelib tushgan.

Majburiy ijro byurosi Аsaka tumani boʼlimi davlat ijrochisi tomonidan qarozdorning nomida boʼlgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tarmoq idoralariga soʼrov xatlari yuborilgan, olingan javob xatlariga koʼra qarzdorning nomida koʼchamas mulk, bankdagi hisob raqam hamda avtotransport vositasi yoʼqligi aniqlangan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdorning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganida, xonadonda extiyojdan ortiqcha boʼlgan mol-mulklar yoʼqligi, qarzdor ishsizligi, qaramogʼida toʼrt nafar farzandi borligi, qarzdor ishlash maqsadida boshqa viloyatlarga chiqib ketganligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Yuqoridagilarga asosan, qarzdor Ya.Yuldashevga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan 18.06.2019 yilda qidiruv elon qilingan.

Murojaatni oʼrganish davomida, 11.09.2019 yil kuni qidiruvda boʼlgan qarzdor Ya.Yuldashev Byuroning Аsaka tuman boʼlimi binosiga olib kelinib, alimentdan vujudga kelgan 20.974.336 soʼm qarzdorlikni bartaraf etishi toʼgʼrisida ogohlantirilgan. Lekin qarzdorlik bartaraf etilmagan.

Shu sababli, Byuroning Аsaka tuman boʼlimi tomonidan unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora koʼrish uchun hujjatlar toʼplanib, 11.09.2019 yilda Аsaka tuman maʼmuriy sudiga yuborilgan va shu kuni maʼmuriy sud binosida sud jarayoni boʼlib oʼtib, qarzdor Ya.Yuldashevga Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar