Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan oʼz vazifalarini bajarishda qarshilik koʼrsatish holatlari ham afsuski, uchramoqda.

Аyrim fuqarolarimiz hanuzgacha masalani qarshilik koʼrsatish orqali hal etish mumkin deb oʼylashmoqda.

Misol uchun, 2019 yil 16 avgust kuni soat 14-10 larda Byuroning Quva tuman boʼlimi davlat ijrochisi Oʼ.Toʼlqinjonov ish yurituvida boʼlgan fuqarolik ishlari boʼyicha Fargʼona tumanlararo sudining 19.12.2011 yildagi qarzdor M.Xojimatovdan daʼvogar M.Xodjimatovaning foydasiga ikki nafar farzandlari taʼminoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida M.Xodjmatovning Quva tumani, “Soykeldi” mahalla fuqarolar yigʼini, Soykeldi koʼchasi 45-uyga boradi.

Oʼz xizmat vazifasini bajarayotgan Oʼ.Toʼlqinjonovga yaʼni, hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik koʼrsatib, yashash xonadonidan temir jism olib chiqib, temir jism bilan uni oyogʼiga urib oʼrtacha ogʼirlikda tan jarohati yetkazgan.

Natijada, Oʼ.Toʼlqinjonovga oʼrtacha ogʼirlikdagi shikast yetkaziladi.

Mazkur xolat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar