Qoʼshma korxona va Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi oʼrtasida nizo iqtisodiy sudlarda ancha koʼrildi. Masala yuqori bosqich sudigacha chiqdi ham. Natija shu boʼldiki, birinchi bosqich — Toshkent shahar iqtisodiy sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori kuchda qoldi. Bu yogʼi endi Majburiy ijro byurosining ishi.

Ijro ishi MIBning Yunusobod tuman boʼlimiga kelib tushgach, ijro ishi yuritishni koʼzgʼatish toʼgʼrisida qaror qabul qilinib, nusxasi qarzdorning yuridik manziliga yuborilgan.

Keyingi jarayonlar tezlashib ketdi. Chunki, sud qarori mavjudmi, uni ijro etish shart. Boshqa chora yoʼq. Shu tariqa ijro harakatlari davomida qarzdor qoʼshma korxonadan qarzdorlik — jami 14 mlrd. 792 mln. 478 ming soʼm toʼliq undirilib, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining hisob raqamiga oʼtkazib berildi.

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar