Joriy yilning 4 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “BUXORO – “MIB xodimlari qonunchilikka “yangilik” kiritib, sud qarori chiqmasdan ijroga kirishdi” nomli xabar yuzasidan

 

Majburiy ijro byurosi Buxoro tuman boʼlimi ish yurituvida qarzdor Buxoro tumanidagi “Mokisoz” fermer xoʼjaligidan undiruvchi Buxoro tuman Davlat Soliq inspektsiyasi foydasiga Buxoro viloyat xoʼjalik sudining 05.12.2016 yildagi ijro hujjatiga asosan 63.927.809 soʼm, Buxoro tumanlararo Iqtisodiy sudining 22.06.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan 43.446.800 soʼm soliq qarzi undirish haqidagi ijro ishlari mavjud.

Buxoro viloyat xoʼjalik sudining 05.12.2016 yildagi ijro hujjati boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunning 483-moddasi tartibida “ijro etish usuli va tartibini oʼzgartirish toʼgʼrisida” Buxoro viloyat Iqtisodiy sudining ajrimi mavjud.

Mazkur ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash maqsadida ijro hujjatida koʼrsatilgan manzil boʼyicha 28.06.2019 yilda ijro harakatlari olib borilib, qarzdor “Mokisoz” fermer xoʼjaligining yuridik manzili fermer xoʼjaligi raxbari Q.Аdilovning yashash manzili ekanligi aniqlangan.

Qarzdorning manzilini koʼzdan kechirish jarayonida “Mokisoz” fermer xoʼjaligiga tegishli mol-mulk aniqlanmagan va fermer xoʼjaligi raxbari Q.Аdilovning nomida “Tico” rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan, ushbu avtotransporot vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash uchun Byuroning Buxoro tuman boʼlimiga olib kelingan.

Buxoro tuman Davlat Soliq inspektsiyasining 11.07.2019 yildagi maʼlumotnomasiga koʼra, fermer xoʼjalikning soliqdan qarzdorligi 33 mln. 847 ming soʼmni tashkil etishi va qarzdorlik Buxoro tumanlararo Iqtisodiy sudining 22.06.2018 yildagi ijro hujjatiga toʼgʼri kelishi koʼrsatilgan.

Shu sababli, Buxoro tumanlararo Iqtisodiy sudining 22.06.2018 yildagi ijro hujjati boʼyicha “ijro etish usuli va tartibini oʼzgartirish toʼgʼrisida” Buxoro tumanlararo Iqtisodiy sudiga 08.07.2019 yilda ariza bilan murojaat qilingan.

Sudning 07.08.2019 yildagi ajrimiga asosan qarzdorlik fermer xoʼjaligigi raxbari Q.Аdilovning pul mablagʼlari va mol-mulkiga qaratilgan.

Shunga asosan, avtotransport vositasi baholash tashkilotining 14.08.2019 yildagi xulosasiga asosan 14.390.055 soʼmga baholanib, qarzdorga

26.08.2019 yilda mol-mulk narxlanganligi haqida ogoxlantirish xati yuborilgan.

Hozirda avtotransport vositasini elektron auktsion savdolariga joylashtirish uchun hujjatlar toʼplanmoqda.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar