Joriy yilning 23 avgust kuni xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan “Fargʼona-Аliment toʼlay desam, tayinli ish yoʼq, Rossiyaga boray desam, taqiq qoʼyilgan” nomli maʼlumot yuzasidan

 
Fuqarolik ishlari boʼyicha Rishton tumanlararo sudining 13.09.2011 yilgi qarzdor E.Xasanovdan undiruvchi D.Xasanova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun barcha topgan daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish toʼgʼrisidagi ijro hujjati sobiq sud ijrochilarining Oltiariq tumani boʼlim tomonidan 12.04.2011 yilda majburiy ijroga qaratilgan.
Ijro harakatlari davomida, hamkor tashkilotlardan olingan maʼlumotlar va tuzilgan dalolatnomalarga koʼra, qarzdorning undiruvga qaratilishi mumkin boʼlgan mol-mulki mavjud emasligi aniqlangan. 
Oʼzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʼgʼrisida”gi Qonunining 421-moddasiga asosan 27.02.2012 yilgi qaror bilan qarzdor E.Xasanovning Oʼzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish xuquqlari vaqtincha cheklangan.
Oʼrganish davomida, E.Xasanov aliment pullarini 2015 yil mart oyiga qadar oʼrtacha oylik ish haqining 25 foizi hisobidan, 2015 yil mart oyidan 2016 yil aprelь oyiga qadar “Аkmaljon Fayziev Аzamjonovich” fermer xoʼjaligidagi ish haqi hisobidan va 2016 yil aprelь oyidan 2016 yil oktyabrь oyiga qadar “Kelajak orzu zamini” fermer xoʼjaligidagi ish haqi hisobidan toʼlaganligi maʼlum boʼldi.
Uning 01.03.2019 yil holatiga aliment toʼlovidan boʼlgan qarzdorligi 7.540.700 soʼmni tashkil etgan, ushbu qarzdorlik bartaraf etilmagani uchun Oltiariq tumani maʼmuriy sudining 15.03.2019 yilgi qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi MJTKning 47-4-moddasi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, qarzdor E.Xasanovdan undirilgan 200.000 soʼm aliment pulini 16.08.2019 yilda undiruvchining yashash manziliga pochta aloqa tarmogʼi orqali yuborilishi taʼminlangan, qolgan qarzdorligini toʼlashdan boʼyin tovlaganligi sababli uning aliment qarzi qayta hisob-kitob qilinganda, 01.08.2019 yil holatiga jami 9.692.000 soʼmni tashkil etgan.
Qarzdor Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.
Qarzdorning Oʼzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlariga qoʼyilgan taqiq ijro hujjati ijrosi tamomlanganida yoki sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar