Chortoq tumani “Muchum” mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi fuqaro N.Boqiboevning Toshkent shahrida joylashgan “Media Prom” MChJ dan 40.039.584 soʼm qarzdorlikni undirishyuzasidan yoʼllagan murojaati Byuro direktorining birinchi oʼrinbosari X.Kabirdjanovning Namangan viloyatida oʼtkazilgan sayyor qabul davomida qisqa muddat ichida yechim topilishi boʼyicha alohida nazoratga olindi.

   Darhaqiqat, fuqarolarning murojaat qilish huquqi inson huquqlari taʼminlanishining muhim omillaridan biridir. Davlatimiz rahbarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoni asosida Majburiy ijro byurosi rahbariyati tomonidan murojaatlarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

    Byuro direktorining birinchi oʼrinbosari Xasan Kabirdjanov tomonidan Uchqoʼrgʼon tuman boʼlimi binosida viloyat aholisi uchun sayyor qabul oʼtkazdi.

   Ochiq, oshkora ruhda oʼtgan uchrashuvda Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida sud va boshqa organlari hujjatlari ijrosi, aliment bilan bogʼliq 8 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Har bir koʼtarilgan muammolar, murojaatlari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

   -Men Byuro direktorining birinichi oʼrinbosari etilgan sayyor qabulida bir nafar farzandim uchun aliment pullarini oʼz vaqtida undirilishi, 2018 yilda aliment qarzdorligi qolib ketganligi va hozirda qaytadan hisoblab undirib berilishi yuzasidan murojaat yoʼlladim, deydi Uchqoʼrgʼon tumani Yoshlik mahallasida yashovchi G.Burxonova. Аynan sayyor qabul davomida murojaatim atroflicha tinglangib, alohida nazoratga olinib qisqa muddat ichida ijobiy hal etiladigan boʼldi.

   Аsosiysi, boʼlib oʼtgan sayyor qabul davomida har bir murojaat boʼyicha aniq vazifalar, uning yechimlari boʼyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar