Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida eng maqbul savdo tashkilotlari (yuridik shaxslar)ni ochiq tanlovda ishtirok etish uchun taklif etadi.

    Tanlov oʼtkazishdan asosiy maqsad har bir tuman-shahar boʼyicha yoki alohida turdagi mol-mulklarni sotish boʼyicha eng maqbul savdo tashkilotlarini aniqlashdan iborat.

   Tanlov ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish uchun savdo tashkilotini aniqlash maqsadida tashkil etilgan tanlov komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʼtkaziladi.

  Komissiya tomonidan tanlovda qatnashish uchun topshirilgan ariza va hujjatlarni koʼrib chiqish Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi (Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Аviasozlar-4 mavzesi, 68-uy) 2019 yil 05 setyabr kuni soat 10-00 da amalga oshiriladi va tanlov natijalari boʼyicha gʼoliblar aniqlanadi.

  Tanlov shartlari bilan “mib.uz” saytining “normativ-huquqiy hujjatlar” boʼliminnig “boshqa normativ-huquqiy hujjatlar” sahifasidagi havola orqali tanishish mumkin. (http://www.lex.uz/pdfs/3786912)

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar