Joriy yilning 31 iyul – 3 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Federal sud pristavlari xizmati va Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi tomonidan Moskva shahrida tashkillashtirilgan “Majburiy ijro: hozirgi holati va rivojlanish yoʼnalishlari” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi oʼrinbosari X.Kabirdjanov boshchiligidagi Oʼzbekiston delelgatsiyasi ishtirok etdi.

   Konferensiyada Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi va Yevropa, Osiyo, Аfrika, Jimoliy va Janubiy Аmerikadan 55 dan ortiq davlatlar ijro organlari rahbariyati ishtirok etdi.

   Konferensiya davomida majburiy ijro tizimining dolzarb masalalari va rivojlanishning ustuvor yoʼnalishlari, shu bilan bir qatorda davlatlar tomonidan sud qarorlarini oʼzaro tan olish masalalari, faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish hamda mazkur sohaning kelajakda shakllanishi yuzasidan fikrlar muhokama etildi.

  Tadbir davomida Oʼzbekiston delegatsiyasi va Rossiya Federatsiyasining Federal sud pristavlari xizmati (FSPX) direktori D.Аristov bilan ikki tomonlama uchrashuv oʼtkazildi.

  Uchrashuv davomida tomonlar idoralararo munosabatlarning yanada rivojlanayotganini qayd etgan holda, oʼzaro qiziqish uygʼotadigan keng doiradagi masalalarni muhokama qildilar, shu bilan bir qatorda Byuro va FSPX oʼrtasidagi 2019-2020 yillarga moʼljallangan hamkorlik Dasturining amalga oshirilishi hamda idoralararo hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar