Maʼlumki Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati tomonidan yurtimizning barcha viloyatlarida fuqarolarning qabul qilish kunlari oʼtkazilmoqda.

  Jumladan, joriy yilning 2 avgust kuni Majburiy ijro byurosi direktori oʼrinbosari Muzaffar Eminovich Egamberdiev Toshkent viloyatining Toshkent tumani aholisi bilan sayyor qabul oʼtkazdi.

  Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi, murojaatlar boʼyicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni bartaraf etish choralari koʼrildi, ayrimlari masʼullar nazoratiga olindi.

   Maʼlumot oʼrnida, fuqaro Q.Ungarbaevning murojaati boʼyicha,zimmasiga yuzaga kelgan noreal qarzdorlik sabablari mutaxassislar bilan oʼrganilib, qayta hisob-kitob qilindi va vujudga kelgan noreal qarzdorlik belgilangan tartibda hisobdan chiqarildi.

   Huddi shunday, amaliy yordam aliment masalasi boʼyicha murojaat qilgan fuqaro D.Norxoʼjaevaga ham koʼrsatilib, 2 nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun 1/3 qismdan undirilishi lozim boʼlgan 2 mln. 850 ming soʼm aliment puli undirib berildi.

   Oʼz navbatida, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul davomida ijobiy hal yetilib, Byuro rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.

MIB boshqarmalari

Davlat ramzlari

Foydali havolalar