Majburiy ijro byurosining Boysun tuman boʼlimi davlat inspektori Аliqulov Otabek 2019 yil 29 iyunь kuni soat 13:50 larda Boysun tumani “Sangchil” MFY hududida xizmatini oʼtab yurgan vaqtida “Sangchil” MFY hududidan oʼtuvchi “Koʼrgan” daryo chetida turgan 2013 yilda tugʼilgan Joʼramaxmudov Ramziddin Faxriddin oʼgʼli extiyotsizligi oqibatida tez oqib turuvchi daryoga tushib ketib, oqayotganligini koʼrib qolgan.

   Shundan soʼng, MIB davlat inspektori O.Аliqulov Chamasi 300 metrgacha uning ortidan yugurib, suvga oʼzini tashlab, oqib ketayotgan voyaga yetmagan bolaning suvga choʼkishdan qutqarib qolgan.

  Bolaga birinchi tez yordamini koʼrsatgan holda “Sangchil” QVP binosiga oʼzining “Matiz” rusumli mashinasida olib borgan. Shifokorlar tomonidan bolaga koʼrsatilgan tez tibbiy yordam muolajasidan keyin voyaga yetmagan Joʼramaxmatov Ramziddinning axvoli yaxshilangan.

  MIB xodimining bu jasoratli harakatidan “Sanchil” MFY fuqarolari va voyaga yetmagan bolaning yaqin qarindoshlari MIB xodimidan minnatdor.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar