Аvvalroq, ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinganidek, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjaev Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul oʼtkazdi.

   Xususan, joriy yilning 28 iyun kuni Yakkabogʼ tumanida viloyatning Shahrisabz shahar, Shahrisabz, Kitob, Yakkabogʼ, Chiroqchi, Qamashi va Dehqonobod tumanlari aholisi uchun sayyor qabul oʼtkazildi.

    Shuningdek, 29 iyun kuni Qarshi shahrida viloyatning Qarshi shahar, Qarshi, Mirishkor, Kasbi, Koson, Muborak, Nishon, Gʼuzor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul boʼlib oʼtdi.

  Tadbirlar davomida, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi, murojaatlar boʼyicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari koʼrildi, ayrimlari masʼullar nazoratiga olindi.

     Maʼlumot oʼrnida, fuqaro E.Usmonovning qarzdorlikni undirish boʼyicha murojaati oʼrganilib, murojaatchiga 10 mln. soʼm zarar pullari undirib berilishi taʼminlandi.

   Huddi shunday, fuqaro M.Soibovning zarar undirish haqidagi murojaati qabul davomida ijobiy hal etilib, Byuro direktoriga minnatdorchilik bildirildi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar