Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan  brifingda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimining ko‘pchilikka ayon bo‘lmagan yana bir qirrasi haqida gapirildi. 

   Byuroda qarzdor jismoniy shaxslar, ularning mol-mulklari hamda undiruvchiga olib berish kerak bo‘lgan bolani qidirish bo‘yicha maxsus qidiruv bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatadi.

   Bo‘linma xodimlari tezkor tadbirlari natijasida, joriy yilning o‘tgan davrida qidiruvdagi jami 4.248 nafar shaxslardan 2.252 nafari topilib, ulardan 6 mlrd. 323,4 mln. so‘mlik qarzdorligi undirilishi ta’minlangan.

  Davlatimiz rahbarining 23.05.2019 yildagi qarori bilan byuro MDH davlatlaridagi sud qarorlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslar joylarini aniqlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish uchun vakolatli organ etib belgilandi.

    Huddi shunday, qarzdorlarga tegishli bo‘lgan qidiruvdagi jami 2.854 ta avtomototransport vositalaridan 1.820 tasi topilib, 68 mlrd. 448,8 mln. so‘mlik qarzdorlik undirilgan.

   Misol uchun, aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan xatirchilik qarzdor I.Nazarov qidiruv ishlari natijasida Jizzax viloyatining Zomin tumanidan topilib, undiruvchi D.Nazarova foydasiga 39,0 mln. so‘m aliment summalari undirib berilgan.

   Yoki bo‘lmasa, jinoyat ishi bo‘yicha Navoiy shahrida yashovchi I.Yuldashevga tegishli qidiruvda bo‘lgan 5 ta avtomobillar Toshkent shahridan topilib, auksionga qo‘yildi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar