2018 yilning 16 sentyabrь kuni MIBning Qashqadaryo viloyati Gʼuzor tuman boʼlimi davlat inspektorlari tumandagi "Doʼltali" MFY, Doʼltali qishlogʼida xizmat vazifasini bajarish vaqtida shu qishloqda yashovchi fuqaro Ch.E. yashash xonadonida elektr energiyasi tarmogʼiga toʼgʼridan-toʼgʼri ulangan holda foydalanayotganligini aniqlab, bu haqida qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtiradi.

  Mazkur qoidabuzarlik natijasida fuqaro Ch.E. taʼminotchi korxona manfaatlariga 1.780.702 soʼm miqdorida zarar yetkazdi hamda Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 101-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida, yaʼni 921.500 soʼm miqdorida jarimaga tortildi.

   Biroq, fuqaro Ch.E. yetkazilgan zarar va jarimani toʼlab, tegishli xulosa chiqarish oʼrniga oʼz qoidabuzarlik harakatlarini davom ettirgan.

   Xususan, 2018 yil 17 dekabrь kuni uning yashash xonadonida qayta elektr energiyasidan noqonuniy ravishda toʼgʼridan-toʼgʼri foydalanayotganligi holati davlat inspektori J.Ch. tomonidan aniqlandi va ushbu holatni davlat inspektori rasmiylashtirayotgan vaqtda Ch.E. oʼz aybini tan olish oʼrniga davlat inspektoriga keskin qarshilik koʼrsatgan va uni belkurak bilan urib, sogʼligʼiga ogʼir shikast yetkazgan.

  Natijada, 2019 yil 16 may kuni Jinoyat ishlari boʼyicha Gʼuzor tuman sudi tomonidan sudlanuvchi Ch.E. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi va 1852-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari tayinlandi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar