Majburiy ijro byurosining Qoʼngʼirot tuman boʼlimi tomonidan may oyi boshidan hozirgi kunga qadar 17 ta oila yarashishiga erishildi.

  Misol uchun, fuqarolik ishlari boʼyicha Qoʼngʼirot tumanlararo sudining 2019 yil 9 aprel kungi buyrugʼiga asosan, qarzdor Ye.Jumagulovdan undiruvchi G.Turkmenbaevaning foydasiga tarbiyasidagi 1 nafar farzandi taʼminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment nafaqasini undirish belgilangan.

  Boʼlim xodimlari tomonidan olib borilgan targʼibot-tashviqot ishlari natijasida ushbu oila yarashishishga erishildi va ushbu sudning 2019 yil 16 may kungi ajrimiga asosan aliment undirish toʼgʼrisidagi sud buyrugʼi bekor qilindi.

  Аslini olganda, farzand uchun har qancha shirinligu o`yinchoqlardan koʼra ota-onasining bagʼrida yayrashdan shirinroq baxt boʼlmasa kerak.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar