Majburiy ijro byurosi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi murosasiz kurashib kelinmoqda va bunday holatlarni aniqlash yuzasidan muntazam ravishda tezkor tadbirlar oʼtkazib kelmoqda.

  Toshloq tumani, Qanjirgʼa mahallasida yashovchi fuqaro Q.Toshboltaev yashash uyida elektr energiyasi isteʼmoliga moʼljallangan maishiy texnika va ishlab chiqarish dastgohlari koʼp boʼlganligi sababli elektr energiyasidan “ellikka-ellik” foydalanishni maʼqul koʼrdi.

   Xususan, u 2017 yil yanvarь oyida elektrni hisobga olish priboriga kelgan elektr kabelidan elektr hisoblagichning orqa tarafi orqali noqonuniy alohida tarmoq tortib yashash uyidagi eng koʼp quvvatli texnika jihozlariga ulab foydalanib kelgan.

   Oʼtkazilgan qayta hisob-kitob natijasida huquqbuzar Q.Toshboltaev davlat manfaatlariga 33 mln. 444,2 ming soʼm miqdorda moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

   Byuroning Toshloq tuman boʼlimi tomonidan huquqbuzarga Oʼzbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirilib, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʼttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini qoplagan boʼlsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi maʼlum qilingan.

   Oʼz harakatlari mohiyatini toʼliq anglagan Q.Toshboltaev unga berilgan qonundagi imkoniyatdan toʼliq foydalanib, 33 mln. 444,2 ming soʼmlik moddiy zararni qoplagan va shunga koʼra ayblilik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishi qoʼzgʼatishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar