Negadir har doim ijtimoiy tarmoqlardagi alimentchi ota, qarzdor ota degan sarlavha ostidagi malumotlarni toʼgʼri hazm qilamiz, koʼz oʼngimizdan oʼz farzandini oʼylamaydigan beburd otalar namoyon boʼladi. Bunday holatga allaqachonlar koʼnikkanmiz, lekin alimentchi ona degan sarlavhaga nima deysiz. Darhol eʼtiboringizni tortdi-a?

    Keling, voqeani batafsil oshkor etamiz.

  Fuqarolik ishlari boʼyicha Mirzo Ulugʼbek tumanlararo sudining 26.01.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor ona А.Z.dan undiruvchi L.Z. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish toʼgʼrisidagi ijro hujjati mavjud.

  Аlimentchi onaga ijro hujjati talabi toʼliq tanishtirilib, aliment pullarini oʼz vaqtida toʼlamagan taqdirida Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi toʼgʼrisida ogohlantirilgan.

   Biroq, alimentchi ona 2018 yilning fevralь oyidan 2019 yilning mart oyiga qadar voyaga yetmagan, nogironligi bor 1 nafar farzandini moddiy ahvolini oʼylamay, ijro hujjatida belgilangan miqdordagi aliment pullarini toʼlamay kelgan.

  Qarzdor ona А.Z. 15 oy uchun toʼlanishi lozim boʼlgan 6 mln. soʼmdan ortiq miqdordagi aliment pullarini toʼlamasdan, farzandini moddiy taʼminlashdan boʼyin tovlagani uchun Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan qarzdor А.Z.ga nisbatan 15 (oʼn besh) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

   Shundan soʼng qarzdor А.Z.dan majburiy tartibda 01.05.2019 yil holatiga 6.456.000 soʼm aliment qarzdorligi nogironligi bor voyaga yetmagan 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun undirib berildi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar