Hozirgi kunda prokuratura organlarini nopok va korruptsiyaga moyilligi boʼlgan xodimlardan tozalash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
 
   Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi MIB xodimlari tomonidan fuqaro S.F.ning arizasiga asosan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Shayxontohur tumani, А.Qodiriy koʼchasida joylashgan «N» kafesi oldida MIBning Shayxontohur tuman boʼlimi davlat ijrochisi F.E. ish yurituvidagi fuqarolik ishlari boʼyicha Shayxontohur tuman sudining 11.04.2019 yildagi javobgarlar M.F. va boshqalardan daʼvogar S.F. foydasiga ulushni pul miqdorida ajratish hamda egalik huquqini belgilash haqidagi ijro varaqasi yuzasidan yuritilgan ijro ishi boʼyicha javobgarlarga tegishli boʼlgan avtomashinani S.F.ning nomiga rasmiylashtirib berish va ijro ishini tugatish uchun tamagirlik yoʼli bilan undan 750.000 soʼm miqdoridagi pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
   Аniqlanishicha, F.E. muqaddam ham fuqaro S.F.dan yuqorida qayd etilgan fuqarolik ishi yuzasidan yuritilgan ijro ishini tugatish toʼgʼrisidagi qarorni chiqarib, natijada «Mersedec-Benz 320E» rusumli avtomashinani uning nomiga rasmiylashtirib berish uchun 2.400 АQSh dollari va 300.000 soʼm miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan.
 
  Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan F.E.ga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi «a, v» bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
 
 

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar