Oldin ommaviy axborot vositalarida xabar berilganidek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxodjaev 10 may kuni Byuroning Mirobod tuman boʼlimida poytaxtning Yashnobod, Mirzo Ulugʼbek, Bektemir, Mirobod, Sergeli, va Chilonzor va 11 may kuni Yunusobod tuman boʼlimida Shayxontoxur, Yunusobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Olmazor tumanlari aholisi uchun sayyor qabullarni oʼtkazdi.

   Ushbu qabul kunlarida 17 nafar fuqaro va yuridik shaxslarning murojaati eshitildi. Ushbu murojaatlarni hal etish uchun masʼul xodimlar biriktirildi.

   Xususan, Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqaro G. Xudoyorovaning xonadoniga hisoblash uskunasini qoʼydirishda amaliy yordam koʼrsatish hamda fuqaro M.Yuldashevaning qarzdorligini qoplash masalalariga oid murojaatlari hamkor idoralar bilan tegishli tartibda yordam koʼrsatish orqali hal etish uchun nazoratga olingan.

   Maʼlumot oʼrnida : MIB direktorining sayyor qabullari hozirda Toshkent viloyati hududlarida davom ettirilmoqda.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar