Jarqoʼrgʼon tumanida istiqomat qiluvchi X.Ibragimov avtomashina olib berishni vaʼda qilib, X.Narbitovadan 23 mln. soʼmni qarz sifatida oladi, biroq avtomoshinadan darak boʼlmaydi.

 X.Narbitova sudga davo arizasi bilan murojaat qilib, uning murojaatida qayd etilgan vajlarni Fuqarolik ishlari boʼyicha Qumqoʼrgʼon tumanlararo sudi oʼz binosida ochiq sud majlisida koʼrib chiqdi.

  Sud jabrlanuvchining daʼvosini taʼminlab, X.Narbitovaga 23 mln. qarzni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi boʼyicha foiz undirishni ham belgilab, jami 24 mln. 839 ming soʼm undirish toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.

   Sud qarori ijrosini taʼminlash uchun Majburiy ijro byurosining Jarqoʼrgʼon tuman boʼlimiga yuborildi.

  MIBning Jarqoʼrgʼon tuman boʼlimi tomonidan ijro harakatlariga kirishilib, X.Ibragimovdan sud tomonidan belgilangan qarzdorlik toʼliq undirildi.

  X.Narbitova ham Majburiy ijro byurosiga oʼz minnatdorchiligini bildirdi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar