Furqat tumani Gʼuncha mahalla fuqarolar yigʼini Chek-chuvaldoq qishlogʼida yashovchi fuqaro I. Nishonov bir necha yillardan buyon tabiiy gaz va elektr energiyasidan uddaburonlik bilan tekin foydalanishni yoʼlga qoʼygan.

   Xususan, fuqaro Nishonov yashash uyida yogʼoch oʼyish va unga qayta ishlov berish hamda chorvachilik faoliyati bilan shugʼullanib kelib, buning uchun eng yuqori elektr quvvati talab etadigan uskunalarni oʼrnatgan. Bir qaraganda hammasi risolagidek, elektr va tabiiy gaz hisoblagichlar oʼz joyida, ular boʼyicha barcha toʼlovlar oʼz vaqtida amalga oshirib kelinmoqda.

   Biroq, Byuro xodimlarining navbatdagi koʼriklardan birida, yuqori quvvatli jihozlarning tinimsiz ishlayotganligi va chorva hayvonlariga ozuqa tayyorlash uchun moʼljallangan sisternada tabiiy gaz yonib turganligi eʼtiborini tortdi.

   Chunki, gaz va elektrni hisobga olish priborlari orqali isteʼmol qilinayotgan energiya resurslari haqiqiy isteʼmolga nisbatan keskin kamligi tabiiyki xodimlarda shubha uygʼotdi.

   Mazkur xonadonda oʼtkazilgan tadbir jarayonida fuqaro Nishonov qariyb 3 yillarcha oldin chorbogʼ tarafdan qoʼshni hovliga oʼtgan simyogʼochdan alohida elektr kabeli tortib uni oʼz tomorqasi orqali 30 sm. yer ostidan uygacha torib kelganligi va uy poydevori ostidan ham oʼtkazilib, yashash uyi pol ostiga alohida yashirin nuqta qilib olganligi aniqlangan.

   Shuningdek, ikkita uy devorlari orasidan oʼtgan tabiiy gaz tarmogʼiga oq polietilen truba ulab uni uyning tom qismi orqali zarur joylarga tortib kelgan va polietilen trubani hech kim koʼrmasligi uchun uning ustiga loy suvoq qilib urib tashlagan.

  Qonunbuzar Nishonovning barcha kirdikorlari fosh boʼldi, u qilgan ishiga afsus va nadomat bildirsada, lekin davlat manfaatlariga yetkazilgan jami 35 mln. 70.6 ming soʼmlik zararni Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1852-moddasi 6-qismida nazarda tutilgan oʼttiz kunlik muddatda qoplamaganligi sababli unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar