Bugun joriy yilning 03 may kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari ishtirokida taniqli psixolog Shoira Isoqova bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

    Uchrashuvda, Shoira Isoqovа – bugungi kun davlat xizmatchilar qanday boʼlishi kerakligi, ulardan talab etiladigan muhim jihatlari haqida gapirib, maʼnaviy omilning ustuvorligi rahbar kadrlarning muhim jihati maʼnaviyatining insonning tub mohiyatini belgilovchi xususiyat ekanligi, rahbar kadrlar maʼnaviyati esa uning yetakchilik mahoratini ifoda etuvchi omil ekani bildirib oʼtdi.

    Shuningdek, davlat xizmatchilari uchun zarur boʼlgan muhim bir fazilat shundan iboratki, u xalqning ishonchiga borib taqaladi.

    Zero, oʼzbek xalqi bir ishga bel bogʼlab kirishsa, albatta oxiriga yetkazadi, faqat uning ishonchini qozonish, koʼngliga yoʼl topish, ezgu maqsadlarga safarbar etish kerakligini aytib oʼtdi.

    Oʼz oʼrnida, rahbar xodimlar oʼz qoʼl ostidagi har bir xodimni oʼrganishi psixologik tashhislashi, lozim ijtimoiy kuzatuvchanlik xususiyatiga ega boʼlishi lozimligi haqida fikr bildirdi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar