Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi Shumanay tuman boʼlimining ish yurituviga fuqarolik ishlari boʼyicha Qoʼngʼirot tumanlararo sudining qarzdor Shoʼmanoy agroservis mashina traktor parki MChJ dan undiruvchi 66 nafar fuqaroga jami 106 mln. 47 ming 384 soʼmlik ish haqilarini undirib berish haqidagi ijro hujjati kelib tushdi.

   Ushbu ijro hujjatining ijrosini taʼminlash yuzasidan tuman boʼlimi davlat ijrochilari tomonidan tegishli tartibda majburiy ijro harakatlari olib borildi va natijada ijro hujjatining ijrosi amalda toʼliq taʼminlandi.

   Xususan, ijro hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida, qarzdorning bankdagi barcha hisob raqamlariga band solingan hamda hisob raqamida pul mablagʼlari yetarli boʼlmaganligi sababli qarzdorga tegishli boʼlgan mol-mulklar xatlovga olinib, baxolanadi va elektron onlayn-auktsion orqali savdoga chiqariladi.

   Oʼtkazilgan onlayn-auktsion savdolarida xatlangan mol-mulklar sotilib, sotuvdan tushgan mablagʼlar hisobidan jami 66 nafar fuqaroning 106 mln. 47 ming 384 soʼmlik ish haqlari toʼliq undirib berildi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar