Byuroning Аmudaryo tuman boʼlimi ish yurituviga Qoraqalpogʼiston Respublikasi iqtisodiyot sudining qarzdor АJdan undiruvchi “Sapalы Kurыlыs” MChJ foydasiga 979,9 soʼm qarzdorlik undiruvi bilan bogʼliq ijro varaqasi kelib tushadi va ijro ishi qoʼzgʼatiladi.

   Ijro hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida, qarzdorning bankdagi barcha hisob raqamlariga band solingan hamda hisob raqamida pul mablagʼlari yetarli boʼlmaganligi sababli qarzdorga tegishli boʼlgan mehmonxona va omborxona binolari xatlovga olinib, baholanadi hamda elektron onlayn-auktsion orqali savdoga chiqariladi.

  Oʼtkazilgan elektron-onlayn auktsionda mol-mulklar sotilmaganligi sababli, 372,9 mln. soʼmga baholangan mol-mulklar undiruvchi “Sapalы Kurыlыs” MChJga qarzdorlik evaziga oʼz balansiga olish boʼyicha taklif qilinadi va undiruvchi roziligi bilan balansiga oʼtkazib berildi.

   Shuningdek, мajburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan 465 mln. soʼm, keyinchalik yana 141,9 mln. soʼm undiruvchining hisob raqamiga oʼtkazib beriladi.

    Jami boʼlib, esa 979,9 mln. soʼm undirildi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar