Joriy yilning 06 aprelь kuni soat 17-00 larda Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman boʼlimi davlat ijrochilari D.Eshbaev, O.Umarov va Sh.Gulmurotovlar qarzdor А.Yarovdan undiruvchi S.Mamajanova foydasiga 2 mln. 800 ming soʼmdan ziyod qarzdorlikni undirish maqsadida, qarzdorning “Yangiobod” MFY “Darvozaqir” qishlogʼidagi yashash manziliga borishadi.

    Davlat ijrochilari qarzdor А.Yarovga qarzdorlikni undirish lozimligini tushuntirayotganida, qarzdor davlat ijrochisi Sh.Gulmurodovga qarshilik qilib, boʼynidan boʼgʼib, tanasining turli joylariga urib, tepib tan jarohati yetkazgan.

    Shundan soʼng, А.Yarov oʼz uyidan oshxona pichogʼini olib, avtomashinada oʼtirgan davlat ijrochisi Sh.Gulmurodovni chap qoʼl qismining kaftiga oshxona pichogʼi orqali tan jarohati yetkazib, oʼz xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

    Oqibatda, olgan tan jarohatlari tufayli davlat ijrochisi Sh.Gulmurodov kasalxonaga yotqizilgan.

    Mazkur holat boʼyicha Boyovut tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro А.Yarovga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

    Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar