Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjaev Buxoro viloyatida sayyor qabullar olib bormoqda.

    Xususan, joriy yilning 11 aprelь kuni Buxoro shahridagi Buxoro Davlat Universtiteni binosining majlislar zalida viloyatning Buxoro, Kogon shahar, Kogon, Бухоро, Qorakul, Olot, Jondor va Qorovulbozor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul oʼtkazdi.

     Uchrashuvda Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdilar.

    Tadbir davomida, aholi tomonidan oʼzlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari koʼrildi. Sayyor qabul davomida 26 ta fuqaroning murojaati eshitildi.

     Byuro direktori B.B.Qudratxodjaevning Buxoro viloyatiga tashrifi chogʼidagi sayyor qabullari davom etmoqda.

     Maʼlumot oʼrnida, MIB Buxoro shaxar davlat ijrochilari tomonidan undiruvchi G.Shukurovaga sud qarori asosida yetkazilgan zarar toʼliq undirib berilganligi sababli undiruvchi Byuro direktori B.B.Qudratxodjaevga shaxsan minnatdorchilik bildirdi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar