Joriy yilning 14 mart kuni Buxoro shahar M.Аvfiy koʼchasi, 33-uyda yashovchi fuqaro Sherov Nodirjon tabiiy gazdan foydalanganligi uchun 1 mln. 639 ming soʼm qarzdorligi mavjud boʼlgan.

      Fuqaro N.Sherov oʼz vaqtida qarzdorlikni bartaraf etmaganligi sababli, tarmoqdan uzish kelgan Byuroning Buxoro shahar boʼlimi xodimlarini oʼz xizmat vazifalarini bajarilishiga faol qarshilik koʼrsatib, qoʼlidagi bolta bilan ularga tashlanib, shaʼni qadr-qimmatini kamsitib, nojoʼya soʼzlar bilan haqorat qildi.

      Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekistong Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 140-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar