Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjaev Navoiy viloyatida sayyor qabullar olib bormoqda.

        Xususan, joriy yilning 09 aprelь kuni Zarafshon shahridagi 7-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida viloyatning Zarafshon shahar, Uchquduq va Tomdi tumanlari aholisi uchun sayyor qabul oʼtkazdi.

        Uchrashuvda Navoiy viloyat prokurori va Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdilar.

       Tadbir davomida, aholi tomonidan oʼzlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari koʼrildi. Sayyor qabul davomida 18 ta fuqaroning murojaati eshitildi.

        Byuro direktori B.B.Qudratxodjaevning Navoiy viloyatiga tashrifi chogʼidagi sayyor qabullari davom etmoqda.

        Maʼlumot oʼrnida, N.Toʼxtaevaning aliment toʼlovlarnii ungdirish haqidagi murojaati qabul davomida ijobiy hal etilib, aliment pullari toʼliq undirib berildi.

 

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar