Oldinroq ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinganidek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjaev Xorazm viloyat Urganch shahrida sayyor qabul oʼtkazmoqda.

          Xususan, joriy yilning 5 aprel kuni Xorazm viloyat Urganch shahridagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali binosida viloyatning barcha tuman va shahar aholisi uchun sayyor qabul oʼtkazdi.

          Uchrashuvda Xorazm viloyat prokurori, viloyat xalq qabulxonasi rahbari va Byuroning Xorazm viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdilar.

          Sayyor qabul davomida 21 ta fuqaroning murojaati eshitildi. Ular asosan qarzdorlikni undirish, aliment pullarini undirish va noqonuniy qurilgan obʼektlarni buzdirish, tabiiy gaz va elektr energiyasidan qarzdorlikni undirish hamda Byuro organlariga xizmatga kirish bilan bogʼliq murojaatlar.

          Barcha masalalar birma-bir tinglanib, sayyor qabul jarayonida 21 ta murojaatlardan 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 tasi boʼyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi hamda 11 tasi qayta oʼrganish uchun qabul qilinib, nazoratga olindi va ularning yechimi yuzasidan masʼullar biriktirildi.

          Shuning bilan, Byuro direktori B.B.Qudratxodjaevning Xorazm viloyatiga tashrifi chogʼidagi sayyor qabuli oʼz nihoyasiga yetdi.

Davlat ramzlari

MIB boshqarmalari

Foydali havolalar